aidoc.uz

Amaliyot·03-bob

Birinchi API chaqiruvi

Bir necha qator Python bilan modelga so'rov yuborish va javobni olish.

Nazariya yetarli — kod yozamiz. Bu bobda birinchi ishlaydigan chaqiruvni qilamiz.

Muhitni tayyorlash#

python3 -m venv venv
source venv/bin/activate
pip install anthropic

API kalitini hech qachon kodga yozmang. Muhit o'zgaruvchisidan o'qing:

export ANTHROPIC_API_KEY="sk-ant-..."

Eng oddiy chaqiruv#

from anthropic import Anthropic
 
client = Anthropic()  # kalitni muhitdan o'zi oladi
 
response = client.messages.create(
    model="claude-sonnet-5",
    max_tokens=1024,
    messages=[
        {"role": "user", "content": "Rekursiyani bir jumlada tushuntir."}
    ],
)
 
print(response.content[0].text)

Javobda nima keladi#

print(response.usage)
# Usage(input_tokens=18, output_tokens=42)

usage — eng muhim maydon. Har chaqiruvda uni loglang, aks holda oyoq oxirida hisobingizni ko'rib hayron bo'lasiz.

Xatolarni boshqarish#

Birinchi kundan boshlab uchta xatoga tayyor bo'ling:

import anthropic
 
try:
    response = client.messages.create(...)
except anthropic.RateLimitError:
    ...  # kutib qayta urinish
except anthropic.APIStatusError as e:
    ...  # 500 — server tomonda, qayta urinish mumkin
except anthropic.APIConnectionError:
    ...  # tarmoq — qayta urinish

Keyingi bobda bularni to'g'ri qayta urinish (retry) mantig'i bilan o'raymiz.